Angliya to‘purarlari ro‘yxatida o‘zgarish

  • 18 aprel, 2021, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 32-turida ikkita gol urgan “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn angliyalik to‘purarlar ro‘yxatida ettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

“Everton” darvozasidan joy olgan ikki aniq zarba tufayli Keynning gollari soni 164 taga etdi va “Liverpul”da porlagan Robbi Faulerdan o‘zib ketdi.

Garchi, “Tottenxem” yulduzi ko‘p gol urayotgan bo‘lsa-da, Alan Shirerning rekordiga yaqinlasha olmasa kerak. Chunki gol urish qiyin bo‘lgan premer-ligada Shirer kabi o‘z hisobiga 260 ta to‘p yozdirib qo‘yish amri mahol.

Premer-liga tarixidagi eng zo‘r to‘purarlar statistikasi esa quyidagicha:

  1. Alan Shirer (260 gol)
  2. Ueyn Runi (208)
  3. Endi Koul (187)
  4. Serxio Aguero (181)
  5. Frenk Lempard (177)
  6. Terri Anri (175)
  7. Garri Keyn (164)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!