
Andrey Fyodorov: OChL o‘yinlari futbolchilarga motivatsiya bera olmasa, nima qilish mumkin?
Anjumanning ikkinchi qismida "temiryo‘lchilar" ustozi Andrey Fyodorov hamda himoyachi Islom To‘xtaxo‘jaevlar ishtirok etdi.
"OChLdagi barcha o‘yinlarimizni yaxshi boshlaganmiz va tahlillar uchrashuv so‘nggida kuchsiz o‘ynayotganimizni ko‘rsatmoqda. Fikrimcha Qatardagi mag‘lubiyat bizning guruh bosqichida qolib ketishimizga sabab bo‘lmadi. Barcha o‘yinlar muhim. O‘sha bahsdan so‘ng endigina ikki tur yakunlangan vaqt edi. "Al Vahda" bilan bahs oldidan ham bizda pley-offga chiqish uchun imkoniyat bor edi.
Aslini olganda biz yomon o‘yin ko‘rsatmayapmiz. Shunchaki qandaydir mayda detallar tufayli gol o‘tkazib yuborib, mag‘lub bo‘lmoqdamiz. Bu hayot va hech kim xatolardan himoyalanmagan.
Biz bunday uchrashuvlarda kam ishtirok etamiz. OChL o‘yinlari futbolchilar uchun motivatsiya bera olmasa, nima qilish mumkin?
Tarkibdagi barcha futbolchilar sog‘-salomat va ertangi bahs oldidan hech qanday yo‘qotishlar mavjud emas", - dedi Fyodorov.
Fikrlar