
Andrey Fyodorov: "Lokomotiv"ning yo‘qotadigan narcasi qolmadi
Bunda dastlab "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov va jamoa yarim himoyachisi Azizbek Haydarov ishtirok etib, OAV savollariga javob qaytarishdi.
"Avvalambor barchani Ramazon oyi bilan muborakbod etaman. Ertangi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz g‘alaba uchun bor kuchimizni beramiz. Turnir jadvalidan kelib chiqqan holda yo‘qotadigan hech narsamiz qolmadi va ertaga faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Men "Al Vahda" bizga qarshi qanday o‘yin namoyish etishi haqida gapira olmayman, faqat o‘z jamoam haqida fikr bildirishim mumkin. Raqib guruhda birinchi o‘rinda ketyapti, bu esa ularning kuchidan darak beradi. Lekin ertaga biz ham uch ochkoli bo‘lishga harakat qilamiz", - deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar