"Andijon" bu safar yoqimsiz seriyasini buzadimi?

  • 9 mart, 2024, 07:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Andijon” 10 mart kuni “Bobur Arena”da 2024 yildagi dastlabki rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. Shu kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmon bo‘ladi.

Tecno

O‘zbekiston chempionatida bu ikki klubning birinchi uchrashuvi 2007 yilning 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. O‘shanda “Bunyodkor” “Quruvchi” nomi bilan qatnashardi. Andijondagi uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Hammasi bo‘lib, chempionat doirasida klublar 26 marta to‘qnashishgan. Afsuski, hozircha “Andijon”ga “Bunyodkor”ni engish nasib qilmagan. 6 ta durang va 20 tasida “Bunyodkor”ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 9-52 “Qaldirg‘ochlar” foydasiga.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!