Anchelotti "Jirona"ning "Real"dan ustun tomonini aytdi

  • 29 sentabr, 2023, 23:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Jirona"ning "Real"dan ustunligini tushuntirdi.

Tecno

Jamoalar La Liganing 8-tur uchrashuvida maydonga tushadi. “Jirona” chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda, “Real”da 1 ochko kam.

“Biz turnir jadvalidagi holatni hurmat qilishimiz kerak.

“Jirona”ning dastlabki uchrashuvlardagi natijalari boshqa klublarnikidan yaxshiroq. Biz bunga hurmat bilan qaraymiz. "Jirona" jang qilishga qodir.

Ularda jiddiy ustunlik bor - jamoa evrokuboklarda o‘ynamaydi. Shuning uchun ular o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

Terma jamoalarning o‘yinlari jamoalarga ko‘proq ta’sir qiladi. Bizda jarohatlar va charchoq bor”, - dedi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!