Anchelotti “Barsa”dan uchralgan alamli mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 12 may, 09:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 35-turida “Real” futbolchilari “Kamp Nou”dagi uchrashuvda 14-daqiqa ichida mezbonlar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan bo‘lsa-da, muhim bellashuvni 3:4 hisobida boy berdi.

Tecno

Bu g‘alabadan keyin “Barselona” chempionlikni ashaddiy raqibdan tortib olishiga hech qanday shubha qolmadi.

Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyat sababini ochiqladi.

- Biz yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. Bu galgi uchrashuvda himoyada juda yomon o‘ynaganimiz ochiq ko‘rinib qoldi. Biz raqib to‘p kiritgan pallalarda ularga qulay vaziyatlarni o‘zimiz taqdim etdik, - dedi Karlo Anchelotti.

Ta’kidlash lozimki, “Real” rahbariyati Karlo Anchelotti bilan hamkorlikni muddatidan oldin to‘xtatish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. Italiyalik mutaxassis o‘rnini “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Xabi Alonso egallashi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!