
Ana xolos! "Siti"ning 5 nafar futbolchisi "Chelsi"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
“Manchester Siti”ning naqd 5 nafar futbolchisi 3 yanvar kuni “Chelsi”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Kayl Uoker, Gabriel Jezus va yana nomi e’lon qilinmayotgan 3 ta futbolchi “aristokratlar”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
“O‘ylashimcha, Premer-liga o‘ynamaydigan futbolchilar nomini aytishga imkon bermaydi. Yakshanba kuni hamma narsani bilib olasiz”, - dedi “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola.
Bundan avvalroq, APL rahbariyati “Siti” safida koronavirus bilan bog‘liq holatlar aniqlangani tufayli 28 dekabr kungi “Everton”ga qarshi bahsni noma’lum muddatga qoldirgan edi.
Fikrlar