
Ana xolos! "Al-Qoida" sobiq rahbarining oilasi "Yunayted"ning hamkorimi?
Joriy mavsum Chempionshipni ikkinchi o‘rinda yakunlagan "Sheffild Yunayted" keyingi mavsumdan APLda o‘z kuchini ko‘rsatadi.
Independent nashrining xabar berishicha, klub "Al-Qoida" sobiq rahbari Usama ben Ladenning oilasi tomonidan berilgan 3 million funtni kredit sifatida olgan.
Ta’kidlab o‘tish joizki, xozirda London Oliy sudida, klubni to‘liq nazorat qilish huquqini qo‘lga kiritish borasida Kevin Makkeyb va Saudiya Arabistoni podshohligi shaxzodasi Abdulla bin Mosaad bin Abdulaziz Al-Saud o‘rtasida sud ishlari olib borilmoqda. Ushbu fakt London Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan vaqtda oshkor bo‘lgan.
"Yunayted" rahbariyati mablag‘lar qaerdan kelayotganidan xabarlar bo‘lgan.
Fikrlar