Amorim: O‘z ixtiyorim bilan iste’foga chiqmayman

  • 22 may, 04:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining joriy mavsumida bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" jamoalari final bosqichida  o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur bahsda "shporlar" 1:0 hisobida hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubni boshqarishda davom etishini aytib o‘tdi.

Tecno

"Agar rahbariyat menga imkon bersa, men murabbiylik vazifasini  bajara olishimga ishonaman. O‘z salohiyatim va mahoratimga to‘liq ishonchim bor. Men hech narsani, ayniqsa ish uslubimni o‘zgartirmayman. Buni o‘zimni oqlash uchun aytmayapman. Agar rahbariyat yoki muxlislar meni noto‘gri murabbiy deb hisoblasa, ertasi kuniyoq hech qanday tovon puli haqida gaplashmasdan ketaman. Lekin o‘z ixtiyorim bilan iste’foga chiqmayman" — dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Amorim 2024 yilning noyabr oyida jamoaga murabbiy etib tayinlangan. Ayni paytda, uning shogirtlari APL turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Bu klub tarixidagi so‘nggi 50 yildagi eng yomon natija hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!