
Amorim “Manchester Yunayted”ga tekinga keladigan beshta yulduz topib berdi
“Manchester Yunayted” tarkibini jangovar holatga keltirish uchun katta o‘zgarishlar qilishni boshlab yuborgan.
Manchesterliklar bir necha o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. O‘zgarishlar qishki transferlar davridan boshlandi. Antoni va Markus Reshford singari o‘yinchilar ijaraga jo‘natildi.
O‘z navbatida, klub mutasaddilari yangi o‘yinchilarni taklif etish barobarida xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini ham inobatga olyapti.
Bundan kelib chiqib, bosh murabbiy Ruben Amorim erkin agentga aylanayotgan futbolchilarga e’tibor qaratishi lozim. Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, bu mutaxassis yozda shartnomasi tugaydigan besh nafar futbolchi bilan ishlashga tayyor.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari kelasi mavsum oldidan jamoaga “Lill”dan Jonatan Devid va Anxel Gomesh, “Bavariya”dan Leroy Sane, “Bayer”dan Jonatan Ta, “Everton”dan Dominik Kalvert-Lyuinni olib kelishni rejalashtiryapti.
Bu futbolchilar mavsum oxirida erkin agentga aylanishi bois, Evropaning bir necha klublari ularga ko‘z tikib turibdi.
Fikrlar