
Alonso Vinisiusni chetga “surib”, joyini kutilmagan o‘yinchiga beryapti
Xabi Alonso “Real”ni qabul qilib olganidan keyin jamoa tarkibini o‘ziga moslashtirishga urinyapti va bu jarayonda ayrim kutilmagan qarorlarga qo‘l urmoqda.
Xususan, ispaniyalik mutaxassis jamoa yulduzi Vinisius Juniorga asosiy tarkibdan joy kafolatlagani yo‘q. Alonso chap qanot hujumchisi roli uchun Vinisius va Rodrigo Goes o‘rtasida raqobatni yo‘lga qo‘ydi.
AS nashrining yozishicha, Rodrigo Goes o‘zi jami 93 daqiqa o‘ynagan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin ishga munosabatini jiddiy tarzda o‘zgartirdi. Buning samarasida Xabi Alonsoda o‘yinchiga nisbatan ishonch o‘yg‘onda va Rodrigoni qulay pozitsiyaga qo‘ya boshladi.
Bosh murabbiy mavsum boshidayoq Rodrigoni Vinisius Juniorning o‘rniga tayyorlayotgani sezilib qoldi. Xususan, Rodrigo Goes o‘zi o‘ynagan uchta uchrashuvdan ikkitasida boshlang‘ich tarkibdan joy oldi.
Fikrlar