Alisher Usmonov Evropa ligasida ishtirok etadigan rus klubiga salkam 10 mln dollar hadya qildi

  • 28 iyun, 2019, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Tulaning "Arsenal" klubi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovdan katta moliyaviy ko‘mak oldi.

Tecno

Baza telegram-kanali tarqatgan xabarga ko‘ra asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder “Arsenal”ga 600 million rubl (9,5 mln dollar) hadya qilgan. Ushbu xabarni xatto Usmonovning vakillari ham tasdiqlashdi.

Ma’lumotlarga qaraganda tulaliklar rahbariyati jamoaning Evropa ligasida ishtirok etishi bois Usmonovga moliyaviy ko‘mak so‘rab murojaat qilishgan.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” o‘tgan mavsum Rossiya premer-ligasida 6-o‘rinni egalladi. Endi ular UEFA Evropa ligasining 2-saralash bosqichidan kurashga qo‘shilishadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alisher Usmonov Moskvaning TsSKA klubiga "Everton" futbolchisini olib kelishda ham ko‘mak bergani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusufjon
28/06/2019 12:07
O'zbekiston klublariga ham moliyaviy yordam qilsa bòlarkan
&
Surxon turon
28/06/2019 18:16
Улса тобутини шу ӯзбеклар кӯтаради руслар емас ундан кӯра ӯзбек кулубларини кӯтарсин
&
Daler @FUTBOL13
28/06/2019 13:09
Shu Namangani Navbahor oling bir champion qlaylik everton arsenalardan futbolchlarni olib kelib dunyoo lol qosin Navbahor muhlislari O'zbekistonda N1