
Aleksandr Volkanovski - Yair Rodriges kim g‘alaba qozonadi? (So‘rovnoma)
9 iyul kuni tongda “UFC 290” turniri start oladi. Ushbu jang kechasining markaziy jangi yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski va da’vogar Yair Rodriges o‘rtasida bo‘ladi. Biz har doimgidek, ushbu qarama-qarshilik borasida o‘zbek MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.
Nozimjon To‘ychiev – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari
- Menimcha bu jangda yaqqol favorit Aleksandr Volkanovski deb o‘ylayman. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Katta ustunlik bilan Aleks g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlarni 70/30 degan bo‘lardim.
Mashrabjon Ro‘ziboev – MMA jangchisi
- Menimcha bu jangda Aleksandr Volkanovski g‘alaba qozonadi. U raqibiga nisbatan mukammalroq jangchi, deb hisoblayman. Rodriges ham yomon emas, biroq Volkanovski hozirgi kunda yuqori jimoniy holatga ega, deb o‘ylayman. Uning Islom Maxachevga qarshi jangi ham bunga misol bo‘la oladi. U Islomni ham qiynab qo‘ydi. Rodriges ustidan qiyinchiliksiz g‘alaba qozonsa kerak.
Doston Bozorov –MMA jangchisi
- Yair Rodriges ham juda yaxshi jangchi. Biroq, Aleksandr Volkanovski bu divizionda yaqqol etakchi, desam adashmagan bo‘laman. Nazarimda bu jangda ham Aleksandr Volkanovski g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini himoya qiladi.
Ramazon Temirov – MMA jangchisi
- Yarim engil vazn toifasining ikki nomdor jangchilari bizga qiziqarli jangni taqdim etadi, deb o‘ylayman. Yair Rodriges ham yaxshi darajada, biroq Aleks Volkanovski baribir yaxshiroq va u jangda g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman.
Firdavs Hasanov – MMA jangchisi
- Aleks Volkanovski juda kuchli jangchi. Lekin Rodrigesni ham o‘ziga xos uslubi bor. Meni fikrim 60/40 Volkanovski foydasiga!
Doniyorbek Ro‘ziev – murabbiy
- Qiziqarli jang bo‘ladi. Rodriges ham so‘ngi janglarida yaxshi harakat qilyapti. Ammo Volkanovski bu boshqa klassdagi jangchi sanaladi. Nazarimda Aleks imkoniyat qoldirmagan holda, g‘alaba qozonadi.
Umidjon Nurov – murabbiy
- Mening taxminim bo‘yicha Aleksandr Volkanovski g‘alaba qozonadi. Shuningdek, ushbu turnirdan o‘rin olgan janglarda Robert Umttaker va Brendon moreno ham navbatdagi g‘alabasiga erishadi.
O‘g‘iloy Nasimova – MMA jangchisi
- Aleks Volkanovskini janglarini ham Yair Rodrigesni ham doim kuzatib boraman. Aleks juda tajribali va aqilli jang olib boradi. Jismoniy jihatdan har doim yaxshi “forma”da bo‘ladi. Yairni esa oyoq zarbalari kuchli va tez, ikkisi o‘rtasida ancha qiziqarli jangni va shouni ham ko‘ramiz. Menimcha Aleks g‘alaba qozonsa kerak.
Fikrlar