A Seriyada navbatdagi iste’fo yuz berdi

  • 18 yanvar, 2022, 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sampdoriya" o‘zining rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Roberto D'Aversa iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.

Tecno

46 yoshli mutaxassisning iste’fosiga jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. Aytish kerakki, “Sampdoriya” bir oydan ortiq vaqtdan buyon g‘alaba nimaligini bilmayapti.

Italiya nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda, Genuya klubiga Marko Jampaolo bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, D'Aversa "Sampdoriya"ni 2021 yilning iyulidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Genuyaliklar A Seriya musobaqa jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!