
A Seriya tarixiy transfer ostonasida!
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Inter"ga o‘tishga rozilik berdi. Paulo raqobatchi klubga tekinga yo‘lga oladi.
"Gazetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "neradzurilar" argentinalik forvardga yiliga 6 million evro maosh to‘laydi. Hozircha futbolchining o‘zi bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Avvalroq, turinliklar rahbariyati Dibala bilan muzokaralar yakunlanganini e’lon qilgandi. Joriy mavsum hujumchi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urib, 6 golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar