
Rojer Federer va Novak Jokovich tandemi Evropa sharafini himoya qiladi
Bugun, 21 sentyabr kuni Chikagoda Leyver Kubogi musobaqasi boshlanadi. Unda tennis bo‘yicha Evropa terma jamoasi jahon termasiga qarshi kortga chiqadi.
Birinchi bo‘lib kortga Frensis Tiafo (Jahon) va Grigor Dimitrov (Evropa) chiqadi. Ushbu o‘yindan so‘ng, Jek Sok (Jahon) hamda Kayl Edmund (Evropa) bahsi o‘tkaziladi. Musobaqaning uchinchi bahsi Diego Shvartsman (Jahon) – David Goffin (Evropa) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Bahslarning so‘nggi bellashuvi juftliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Unda Kevin Anderson va Jek Sok (Jahon) tandemi Evropa sharafini himoya qilayotgan Rojer Federer hamda Novak Jokovich juftligiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar