PEPSI Superliga: "Qizilqum" - "Paxtakor". Navoiyliklar atigi bir marta g‘alaba qozongan

  • 16 iyul, 2018, 12:28
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PEPSI Superliganing 17-turida "Paxtakor" "Qizilqum" maydoniga safar uyushtiradi. Mazkur uchrashuvda jamoalar tarkibida diskvalifikatsiya tufayli yo‘qotishlar mavjud emas. "Paxtakor" asosiy tarkibidagi barcha futbolchi bo‘lajak bellashuvga hozirlik ko‘rmoqda.

Tecno

Chempionatlar tarixida jamoalar 37 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 30 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 97 gol urilib, 22 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Yuqori liga tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 11:0 hisobi jamoalarning Navoiyda 2007 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" mezbonlarni o‘ta yirik hisobda dog‘da qoldirgan.

"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 18 iyul, chorshanba kuni soat 21:00da "Yoshlik" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
16/07/2018 16:41
ана энди ҳакикий футбол курамиз