
O‘smirlar Argentina Olimpiadasidan yorug‘ yuz bilan qaytib kelishdi (foto)
Bugun tunda Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti" yanada gavjum bo‘ldi. Bu erda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan III Olimpiada o‘yinlaridan yorug‘ yuz ila qaytayotgan delegatsiyamiz vakillarini kutib olish tantanalari bo‘lib o‘tdi. 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarimiz sharaflandi.
Fikrlar