
Muay tay bo‘yicha uch karra jahon chempioni Mavlud Tifiev finalga yo‘l oldi
9 aprel kuni Tailandda professional janglar kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki karra muay tay bo‘yicha uch karra jahon chempioni (2008, 2010 va 2017) Mavlud Tifiev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Tailand chempionatining yarim finalida 64 kg vazn toifada o‘tkazilgan to‘qnashuvda hamyurtimizga mezbon sportchi Lampen raqiblik qildi. 5 raundli jangda Mavlud g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Endi sportchimiz final jangida 5 iyul kuni mamlakatning eng yaxshi muay taychisi nomi uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Mavlud Tifiev oldingi jangini 16 mart kuni tailandlik Yoktay Sorni ikkinchi raundda nokaut qilib, uchinchi marta jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar