
"Milan" futbolchisi faoliyatini Argentinada davom ettiradi
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi "Milan" himoyachisi Gustavo Gomesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu transfer 6 mln evroga baholanmoqda. Bundan tashqari “rossonerilar” Gomesning navbatdagi transferidan tushadigan mablag‘ning 20% ga ham egalik qilishadi.
Ma’lumot uchun, Gomes “Milan” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida milanliklar safida jami 20ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar