
Fabregas Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi
Londonning “Chelsi” klubi a’zosi Sesk Fabregas Angliya Premer-ligasida eng tez 100 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan futbolchi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi.
– Men eng tezkor, kuchli emasman va balandga sakray olmayman, ammo bu faoliyatimning eng yoqimli voqealaridan biri. Bu mening ishim va uni yaxshi bajaryapman, – deydi Fabregas.
Futbolchi 100-golli uzatmasini 2016 yil 31 dekabrida “Stok Siti” bilan bo‘lgan o‘yinda amalga oshirgan. Buning uchun ispaniyalik futbolchiga oldingi rekord sohibi Rayan Giggzdan (367 o‘yin) 74 o‘yin kam kerak bo‘ldi.
Fikrlar