
Diego Kosta 9 oylik golsiz seriyasiga barham berdi
Xabaringiz bor kecha “Atletiko” La Liganing 13-turi doirasida o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi 1:1 hisobida durang qayd etdi.
“Matraschilar”ga bir ochko taqdim etgan golga Diego Kosta mualliflik qildi. E’tiborlisi, ushbu gol 30 yoshli hujumchi uchun so‘nggi 9 oydagi ilk gol bo‘ldi. U so‘nggi marta o‘tgan yilning fevralida “Sevilya” darvozasini ishg‘ol etgan edi.
Fikrlar