
Bugun Misha JCh medali uchun kurashadi
Italiyaning Milan shahrida figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Bugun erkaklar o‘rtasida erkin dastur bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi.
Toshkent vaqti bilan 16:15 da start oladigan bellashuvda hamyurtimiz Misha Ge ham o‘z chiqishi bilan qatnashadi. Vakilimiz hozirchi qisqa dasturdan so‘ng 86,01 ball bilan sakkizinchi pog‘onada ketmoqda. Bo‘lajak bahsda Mishaga omad tilab qolamiz.
Fikrlar