
“Barselona”ning sobiq hujumchisi boshqa jamoaga o‘tishni hoxlab qoldi
Angliyaning “Stok Siti” klubi hujumchisi Boyan Krkich qishki transfer davrida boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin. Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha “Barselona”ning sobiq forvardi “Stok” raxbariyatiga o‘zining bu istagini bildirgan.
Jamoa bosh murabbiyi Mark Xyuz esa ispaniyalik futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti. Avvalroq, 26 yoshli forvardning xizmatlariga premer-liganing boshqa bir jamoasi “Midlsbro” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, “Midlsbro” hali bu borada “Stok Siti”ga rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Stok Siti” raxbarlari Boyanni 12 million funtdan (taxminan 13,7 million evro) kamiga sotmoqchi emas. Krkich ushbu mavsum 12ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar