"Barselona" tarbiyalagan futbolchi Bundesligaga keldi

  • 29 yanvar, 2017, 22:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" tarkibiga o‘rnasholmagach, "Stok Siti"ga o‘tib ketgan Boyan Krkich Angliya premer-ligasini ham tark etib Bundesligaga ko‘chib o‘tdi.

Tecno
 

"Maynts" jamoasi o‘z vaqtida jahonning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri sanalgan 26 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olganini e’lon qildi.

Boyan Kataloniyada ishlari yurishmagan 2014 yili 1,8 million evro evaziga "Stok Siti"ga ko‘chib o‘tgandi. Bu futbolchiga "Midlsbro" jiddiy qiziqdi va transfer uchun 12 million funt taklif qilib rad javobini oldi.

Boyan joriy mavsumda APLda 12 ta uchrashuvda to‘rtta gol urgandi. Endi bor mahoratini Bundesligada ko‘rsatadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!