"Arsenal" darvozaboni mavsumni Chempionshipda yakunlaydigan bo‘ldi

  • 23 yanvar, 2019, 19:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Reding" klubi o‘z safini "Arsenal" darvozaboni Emiliano Martines bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra Chempionship vakili argentinalik posbonni mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, “Reding” ayni damda Chempionship musobaqa jadvalida 22-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Martines “kanonirlar” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida "Oksford Yunayted", "Sheffild Uensdey", "Roterxem Yunayted", "Vulverxempton" va "Xetafe" klublarida ijara asosida to‘p surdi. “Arsenal” safida esa bor yo‘g‘i14ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!