
Abramovich “Chelsi”ga rossiyalik bosh murabbiy olib keladi
Angliya premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Chelsi”ning hozirgi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunlanishi bilan “Barselona”ni qabul qilib olishi mumkin.
Agar italiyalik mutaxassis Ispaniya chempionatiga yo‘l oladigan bo‘lsa, London klubi xo‘jayini Roman Abramovich uning o‘rniga rossiyalik taniqli murabbiy Leonid Slutskiyni olib kelmoqchi.
Bunda Leonid Slutskiyning Roman Abramovich bilan do‘stona munosabatda ekani muhim rol o‘ynamoqda. Leonid Slutskiy yanvardan buyon Londonda yashab, ingliz tilini o‘rganmoqda va muntazam “Chelsi”ning o‘yinlarini stadiondan kuzatib bormoqda.
Fikrlar