110 kiloli futbolchimizni kim oladi?

  • 21 iyun, 2024, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi tajribali himoyachi Niklas Zyulening jismoniy holatidan norozi bo‘lmoqda.

Tecno

Fussball Transfers nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati bu futbolchidan voz kechishga qaror qilgan. Biroq uning jismoniy holati xaridor topishga halaqit qilyapti.

Niklas Zyule kamida o‘n kilo ortiqcha vaznga ega. Hozir uning og‘irligi 110 kilogrammni tashkil etmoqda. Klub mutasaddilari futbolchi bilan vazn tashlash va sport formasini tiklash masalasida bir necha marotaba suhbat o‘tkazdi.

“Borussiya” xo‘jayinlari bu ahvolda Zyuleni biror jamoa o‘z tarkibiga qo‘shib olmasligini his qilib turibdi.

Niklas Zyule “Borussiya”ga 2022 yili yozda “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!