
Zo‘r TV va Futbol TV Angliya kubogi uchrashuvlari translyatsiyani sotib olishi mumkin!
Angliya kubogi O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilishi mumkin. Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
"Futbol kanali Angliya kubogi bo‘yicha muzokara olib boryapti shekilli. To‘g‘ri, Zo‘r Tv ham bunga kirishgandi. Davlat va hususiy kanallar nihoyat hamkorlikda, imkoniyatlarni jamlagan holda bu ishni amalga oshirsa yaxshi bo‘lardi, bundan muxlislar yutadi",- deb yozdi Fayziev.
Ma’lumot uchun, hozircha ZO'R TV Evropa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va La liga o‘yinlarini translyatsiya qilmoqda.
Fikrlar