Maksim Shatskix "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin, Doriev va OChL uchun yangi legioner haqida

  • 21 sentabr, 22:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” - “So‘g‘diyona” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Maksim Shatskix ishtirok etdi.

Tecno

- Maksim Aleksandrovich, o‘yin haqida to‘xtalib o‘tsangiz. 

- To‘g‘risi, gapni nimadan boshlashni bilmayapman. Birinchi taymda shuncha vaziyat yaratib, gol ura olmaslikni qanday izohlash mumkin, bilmadim. Uchrashuvda bizga ancha og‘ir bo‘ldi. Qaysidir ma’noda ba’zi futbolchilarga jonbozlik ko‘rsatishgani uchun rahmat aytdim va xursand bo‘ldim. Reja bilan ish tutishgani, azart, ishtiyoq borligi uchun mamnun bo‘ldim. Men alohida individual mahorat haqida gapirmayapman. Biz bugun jamoaviy va xarakter ko‘rsatadigan o‘yinni tomosha qildik. Osiyo Chempionlar ligasida qiyin o‘yinni o‘tkazib qaytgandik. Bu qaysidir ma’noda ushbu uchrashuvga ham ta’sirini ko‘rsatdi. Shunday bo‘lsa-da, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular tiklanish jarayonini yaxshi o‘tkazishdi. O‘zimiz xohlagan narsaga yaqinlashishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda nisbatan faolroq bo‘ldik, deyishim mumkin. Albatta, xatolardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Kamchiliklarimiz bor. O‘tkazib yuborilgan gollar faqat o‘zimizni xatoimiz sababli bo‘ldi. Tahlil qilib chiqamiz. Keyinchalik bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Futbolchilarga va muxlislarimizga minnatdorchiligimni bildiraman. Ishqibozlar bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishadi va biz ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Ularni yaxshi kayfiyatda bo‘lishi uchun biz doimo qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. 

- “Andijon”ni autsayderlar qatoriga kirib borayotgani siz murabbiylar shtabini qanchalik xavotirga solyapti?

- Qanday xavotir haqida gapiryapsiz? Biz murabbiylar shtabi har bir uchrashuvda g‘alaba uchun tayyorlaymiz. Har bir o‘yinni o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. 4 kundan so‘ng OKMK bilan o‘ynaymiz. Biz faqat g‘alabani xohlab maydonga tushamiz. Qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Birinchi taymda bir qancha vaziyatlar yaratdik. Ammo unumli foydalana olmadik. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq? Ikkita gol urdik, biroq ikkita gol ham o‘tkazib yubordik. Bunday uchrashuvlar bo‘lib turadi. Hali o‘yinlarimiz bor. Hozircha turnir jadvaliga u qadar jiddiy yondashib bo‘lmaydi. Bu o‘yin 2:2 bilan tugadi. Endi keyingi uchrashuv haqida o‘ylashimiz kerak. 

- Lyupcho Dorievni Sunnatilloh Hamidjonov qo‘riqladi. Chindan ham uni vazifasi Doriev bilan personal o‘ynashmidi?

- Ular shunchaki o‘zlarini pozitsiyasida to‘p surishdi xolos. O‘ng qanotda Doriev vinger, buni tan olamiz. 

- OChL uchun ukrainalik Evgeniy Makarenko bilan shartnoma imzolandimi?

- Hozircha yo‘q. Ammo rejamizda bor va 1 oktyabr kungi muhim uchrashuvga ham tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Afsuski, ayrim chizig‘imizda o‘zimizga yarasha muammolarimiz bor. Bu futbolchini avvaldan nimaga qodirligini bilaman. Bizga katta yordam berishiga ishonaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!