Zidan Sulsherning ko‘ngliga yo‘l qidiryapti. Unga MYu yulduzi kerak

  • 11 sentabr, 2020, 18:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Manchester Yunayted” so‘ragan Serxio Regilonni Angliyaga yuborishga rozi bo‘ldi.

Tecno

Madridliklar bu futbolchini to‘liq sotmasligini, uni qayta xarid qilish huquqini saqlab qolishini ma’lum qilganidan keyin, transfer amalga oshmay qolgandi. Endi “Qirollik klubi” rahbariyatining rejasi o‘zgardi. Kelasi yilga katta rejalarni amalga oshirishni maqsad qilgan Zinedin Zidan “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsherning ko‘ngliga yo‘l topmoqchi. Chunki, “Real”  kelasi yozda tarkibini qayta shakllantiradi va ularning ro‘yxatidan Pol Pogba ham joy olgan.

“Real” rahbariyati “Manchester Yunayted” bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolish uchun Regilondan butunlay voz kechishga tayyor.

Beylning narxi ikki yillik maoshidan kam ekan

“Real” transfer bozorida inqilob qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!