Yana olovli vodiy derbisi, Samarqanda Abramov va Qosimov to‘qnashuvi, Qarshida voha derbisi yoxud tur oldidan

  • 14 avgust, 13:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

15-18 avgust kunlari Superligada 19-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Siz bilan bizni yana markaziy hamda qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

Tecno

15 avgust

19:00. “Paxtakor” - “So‘g‘diyona”

- Turni mazkur juftlik o‘rtasidagi o‘yin boshlab beradi. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Paxtakor” musobaqa jadvalida 7-o‘rinda va aytish mumkinki, bu “Sherlar” uchun u qadar yarashmagan holat. Biroq boshqa tarafdan qaraganda, Superligada raqobat ortib boryapti va raqiblar ham yaxshigina kuchayishga erishishmoqda. “Paxtakor”ni og‘ir uchrashuv kutmoqda. Agar Ivan Boshkovich jamoasi g‘alaba qozonsa, bu sensatsiya sifatida baholanmaydi.

16 avgust

18:00. “Navbahor” - “Neftchi”

Bu turda yana bir dahshatli vodiy derbisi kutmoqda. O‘tgan turda Andijondan g‘alaba bilan qaytgan “Navbahor” bu turda “Neftchi”ni qabul qiladi. Muxlislar o‘rtasida ham yaxshigina raqobat yuzaga keladi. Maydonda qattiq jang kechadi. Barchaning e’tibori shu o‘yinga qaratiladi. Odatda, bu kabi uchrashuvlar oddiy o‘tmaydi. Namangandagi bahsga qiziqish juda katta. Qolganini o‘yinda ko‘ramiz.

19:00. “Dinamo” - OKMK

Ushbu to‘qnashuv ham juda qiziqarli o‘tishi aniq. Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar doim keskin ruhda o‘tib kelgan. Jamoalar 34 ochko bilan mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi. Maydonda qattiq jang bo‘lsa kerak. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalar bir-birini ayab o‘tirishmaydi.

20:15. “Nasaf” - “Sho‘rtan”

O‘tgan turda Farg‘onada yutqazgan va undan avval uyida “Andijon” bilan durang o‘ynagan “Nasaf” mana ikki turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Oxirgi qiyin o‘tgan bellashuvlardan so‘ng bu safar “Ajdarlar” o‘z maydonida autsayder - “Sho‘rtan”ni qabul qiladi. Voha derbisida garchi mehmonlarga g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lsa-da, “Nasaf”ga kuchi etmaydi. Berdiev jamoasi sensatsiyaga yo‘l qo‘ymaydi, katta ehtimol bilan!

17 avgust.

18:00. “Qo‘qon-1912” - “Surxon”

Nihoyat, 10 ta o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yib G‘uzorda “Sho‘rtan”ni yutib qaytgan “Qo‘qon-1912” bu turda o‘z uyida “Surxon”ni qabul qiladi. O‘tgan turda termizliklar ham yaxshi o‘yin namoyish qilib, “Bunyodkor”ni mag‘lub etishdi. Qo‘qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov bundan buyon jamoasining natijalari yaxshilanishi haqida aytdi. “Surxon” bilan o‘yinda ko‘ramiz...

19:00. “Mash’al” - “Andijon”

Muborakdagi bellashuvda jamoalar extiyotkorlikni unutmagan holda o‘yin ko‘rsatishadi. Balki uchrashuv taqdirini birgina gol ham hal qilishi mumkin. G‘alaba ikki tomonga ham zarur. To‘g‘ri tayyorlanshi va mahorat ko‘p narsani hal qilishi mumkin.

20:15. “Bunyodkor” - “Buxoro”

Ulug‘bek Baqoev “Buxoro”dan ketgach, Viktor Karpenko vaqtincha bosh murabbiy vazifasida ish boshladi. O‘tgan turda oxirgi daqiqadagi gol evaziga buxoroliklar “Xorazm” bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Ilyos Zeytullaev jamoasi esa Termizda “Surxon”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu galgi bahs o‘ta hujumkor o‘tmasligi mumkin. “Buxoro” ko‘pincha yopiq va juda extiyotkor o‘yin namoyish qiladi.

18 avgust

19:00. “Xorazm” - “Qizilqum”

Bu o‘yin qiziqarli, jangovar tarzda o‘tadimi yoki zerikarlimi, bu faqat maydonda to‘p suradigan futbolchilarga bog‘liq. Jamoalarning imkoniyati esa mutlaqo teng. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!