
Zidan "Real"ga qaytishi mumkin
Zidan - Peresning Anchelotti o‘rniga asosiy maqsadi.
"Real" Madrid prezidenti Florentino Peres yozda shartnomasi tugashiga bir yil qolganda tark etishi mumkin bo‘lgan bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rniga ustuvor nomzodni aniqladi.
"Cadena SER" nashri xabariga ko‘ra, Peres ikki marta "qaymoqranglilar"ni boshqargan Zinedin Zidanni jamoaga qaytmoqchi. 2021 yilda frantsiyalik mutaxassisning o‘zi jamoani tark etishga qaror qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Zidan PSJni boshqarishi mumkin edi, biroq bu taklifni Zinedin rad etgan edi.
Fikrlar