Zidan, Simeone, Ronaldu va boshqalar. Futbol olamidagi eng taniqli juftliklarni yodga olamiz

  • 21 fevral, 2021, 23:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz futbol olamidagi eng mashhur juftliklar bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Tecno

Devid va Viktoriya Bekxem

flwefowefkowekfwe

Bu juftlik nafaqat hayotda, balki biznesda ham uzoq yillik hamkor sanaladi. Ularning qo‘l ostida hozir milliard dollardan ortiq mablag‘ mavjud. Butsalarini mixga ilgan futbolchi uchun bu summani qo‘lga kiritish oson bo‘lmagani aniq.

O‘z vaqtida taqdir ularni juda ko‘p sinadi. Viktoriya Devidni bir necha bor kechirdi. Beks esa, turmush o‘rtog‘ining ko‘magi bilan qiyin kunlarni engib o‘tdi. Ayni damda ular sayyoramizning eng baxtli juftliklaridan biri sanaladi. Viktoriya AQShda moda va dizayn sohasida faoliyat olib bormoqda. Hozircha, bu ulkan daromad keltirmayapti, biroq u o‘z ishidan zavq olmoqda.

Ronaldu va Jorjina

tsshopshkopshukshpo

Ular butun sport olamidagi eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘luvchilar sirasiga kiradi. Ispaniyalik Jorjina do‘kondagi oddiy sotuvchi qiz bo‘lishiga qaramay, Krishning mehrini va e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning sevgisiga havas qilish mumkin. Xorij nashrlarining ma’lum qilishicha, Jorjina va Ronaldu yashirin tarzda Marokashda nikohdan o‘tgan. Hozirda ular 5 farzandning ota-onasi sanaladi.

Ronladuning onasi va opasining  xarakteri og‘ir. Shu bois, Krishtianuning avvalgi "dugonalar"i muammolarga duch kelgan. Jorjina hozircha hammasini uddalamoqda. Ronaldu pandemiya qoidalarini buzib bo‘lsada, uni xursand qilishda davom etmoqda.

Iker va Sara Karbanero

lupkщlpщkulщpkulp

Ispaniyalik sevishganlar og‘ir kunlarni boshdan kechirdi. Iker infarktni boshdan o‘tkazganidan xabaringiz bor. Sara turmush o‘rtog‘ini har jabhada qo‘llab-quvvatlab turdi. Bundan bir necha yil ilgari Iker Sarani saratonni engib o‘tishiga ko‘mak bergan edi.

Ularning ikkita o‘g‘li bor. Ular Lukas va Martin. Iker oyoqqa turgach, Madridga qaytib keldi. Hozirda, u «Real» klubida faoliyat olib bormoqda. Sara esa, teleboshlovchilik faoliyatini qayta tikladi.

Messi va Antonella Rokutstso

plukщlpщuklщpku

Antonella Leoning birinchi muhabbati desak, adashmagan bo‘lamiz. Ular 2017 yilda nikohdan o‘tishdi. To‘y bundan avvalroq bo‘lishi kerak edi, biroq rashk sababli ish ortga surilib ketdi.

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Antonella juda ham rashkchi. U Leoga begona ayollar SMS yozishini juda yomon ko‘radi. Xatto, muxlisalar bilan suratga tushishini ham xush ko‘rmaydi. Messi hozircha talabchan turmush o‘rtog‘ini ranjitgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, Antonella Leoning futboldagi faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Zidan va “Qirolicha” Veronika

ltsaltsщlaщtsulauts

Veronika esa, buning tamomila aksi. U o‘z vaqtida Zidanning «Yuventus»ga o‘tishini, keyinroq «Real» bilan shartnoma imzolashini tashkillashtirgan.

Shu kunga qadar, Zidanlar oilasi istiqomat qilgan barcha uylarni aynan Veronika xonim tanlagan. Zayniddin murabbiylik faoliyatini boshlagach, Veronika yana u bilan katta voqealarda ishtirok etishni boshladi. Avvaliga u Zidanni Madriddan ketishga ko‘ndirgan bo‘lsa, keyin Florentino Peres bilan muzokara olib bordi va frantsuzni ortga qaytishini ta’minladi.

Ispan nashrlari Zidanning bir necha bor ayoli bilan do‘kon aylanib yurgani aks etgan suratni namoyish etgan. ZiZu o‘z turmush o‘rtog‘ining har bir so‘zini qadrlaydiganlar sirasiga kiradi.

Pike va Shakira

kudpzukdzpduzkdp

Shakira Pikedan 10 yosh katta bo‘lishiga qaramay, ularning aloqalari juda mustahkam. 2010 yildagi JCh madhiyasini yaratish jarayonida tug‘ilgan sevgi hali-hamon o‘z kuchida.

Ularning hozirda Sasha va Milan ismli ikkita farzandi bor. E’tiborlisi shundaki, 10 yildan beri tanish bo‘lishlariga qaramay, ular hali turmush qurgani yo‘q. O‘zaro intervyularda er-xotin ekanligini ta’kidlashganiga qaramay, hali rasman nikohdan o‘tishmagan. Hozirda Pike va Shakira bir nechta bizneslarda hamkorlik qilmoqda.

Simeone va Karla Pereyra

glerpglerplger

50 yoshni "urib qo‘ygan" Diegoning katta yoshdagi  farzandlari bor. U 20 yil davomida birga turmush qurgan ayoli – Karolina Baldini bilan ajrashdi. Hozirda, o‘zidan 16 yosh kichik Karla bilan baxtli hayot kechirmoqda. Pereyra xonim model va aktrisa. U ispan telekanallaridagi chiqishlari bilan juda mashhur.

Karla Simeonega  ikkita qiz tug‘ib berdi. Argentinada tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, Karla Ispaniya fuqarosi. 2014 yilda tanishgan juftlik hozirgacha baxtli hayot kechirib kelmoqda.

Shaxsiy hayot futbolga ta’sir ko‘rsatadimi?!

Bu savolga bemalol "ha", deb javob berish mumkin. Taniqli murabbiylarning fikricha, uyda farzandi va turmush o‘rtog‘i kutadigan futbolchilar depressiyadan tezroq chiqib ketadi. Modellar va turli aktrisalar bilan uchrashib yuruvchi futbolchilarning o‘yinida stabillik bo‘lmaydi.

Bu so‘zlar haqiqatga yaqin. Balki, shu sababli Ronaldino o‘z iqtidoridan kerakli darajada foydalana olmagandir. Balki Neymar kuchli bir ayolning ko‘magisiz «oltin to‘p»ni o‘ziniki qila olmas. Yana kim biladi deysiz?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!