Here We Go. Son - "Los-Anjeles" klubi futbolchisi!

  • 4 avgust, 03:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy koreyalik yulduz Son Xyon Minning yangi jamoasi aniq bo‘ldi. Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, “Los-Anjeles” (LAFC) klubi va “Tottenxem” o‘rtasida to‘liq og‘zaki kelishuvga erishilgan. Barcha tomonlar shartnomani imzolash arafasida.

Tecno

Manbalarga ko‘ra, “Tottenxem” mazkur transferdan 15 million evrodan ortiq mablag‘ oladi. Son jamoasi bilan Angliyaga qaytmagan va hozirda "Los-Anjeles" klubi bilan rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishni kutayapti.

10 yil davomida “shporlar” safida to‘p surgan Son londonliklar safida 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, klub tarixidagi eng yaxshi legionerlardan biriga aylandi. Uning ketishi jamoa uchun yangi davr boshlanishini anglatishi mumkin.

Heung Min Son of Tottenham Hotspur reacts after wiping away his tears during the pre-season friendly between Tottenham Hotspur and Newcastle United...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!