Osiyo chempionati. O‘zbeklarni to‘xtatib bo‘lmayapti!

  • 4 avgust, 19:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Tecno

Bugun ham chorak final bahslari davom ettirildi. Kun davomida 10 nafar 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko‘tarildi. 

-60 kg da Odinaxon Ismoilova Xitoy Taypeyi vakilasi Jui-Sin Linni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;

-50 kg da Behruz Xoldorov Janubiy Koreya bokschisi Yojun Kvak ustidan g‘alaba qozondi - 5:0;

-55 kg da Samandar Olimov eronlik Nima Bayatiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0;

-60 kg da Shoxrux Abdumalikov Eron vakili Mohammadamin Karimini 5:0 hisobida engdi;

-65 kg da Sayat Ilyasov yaponiyalik Yusaka Matsuhisadan 5:0 hisobida ustun keldi;

-70 kg da Muhammadazizbek Ismoilov Singapur charm qo‘lqop ustasi Ayan Kangani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

-75 kg da  Shavkatjon Boltaev qozog‘istonlik Aman Konsbekovni 4:1 hisobida mag‘lub etdi;

-80 kg da Rahmatullo Boymatov Birlashgan Arab Amirliklari bokschisi Eissa Al Kurdini ikkinchi raundda texnik nokaut qildi;

-85 kg da Abdulaziz Abdurahmonov qirg‘izistonlik Azim Choibekovga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0.

+90 kg da Halimjon Mamasoliev qozog‘istonlik Nurassil Assilxanni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
04/08/2025 21:00
Бксчмларимизга омад тилаган холда хамма боксчиларимиз олтин медал ьилан қайтсинлар.