
Maksim Shatskix: "Shunchaki, unga qoyil!"
“Andijon” – “Qo‘qon-1912” (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.
- Hammaga xayrli kech. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, afsuski, birinchi taym biz xohlagandek bo‘lmadi. Dastlabki 15 daqiqa yoqqandi. Keyinchalik bizda o‘yin o‘xshamadi. O‘yinchilarda biroz xayajon ham bo‘ldi. Stadionda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va javobgarlik hissi yuqoriligi uchunmi, ularda hayajon sezildi. Birinchi taymdan keyin kerakli o‘zgarishlar haqida gaplashdik va bu ikkinchi bo‘limda o‘z natijasini berdi. Vazifamiz gol urish edi. Gol urganimizdan keyin asta-sekin hamasi yaxshilanib bordi. Yigitlarga ikkinchi taymdagi o‘yinlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Tanaffusdan keyin ba’zi joylarda tez harakat qilish, to‘p uzatish kabi ayrim nuqsonlar kuzatildi. O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan to‘g‘rilanib boradi. Kombinatsion o‘yin tashkil qilishni xohlagandik. Biroq ba’zi holatlarda buni imkoni bo‘lmadi.
- Yangi o‘yinchilar bilan eski futbolchilarni bir-birini tushunishi qanday kechyapti?
- O‘yinda hammadan qoniqdim. Ayniqsa, maydonga tushgan barcha yangi futbolchilarning o‘yinidan qanoatlandim, deyishim mumkin. O‘yinchilarda to‘liq mashg‘ulotlar o‘tkazgani vaqti kam edi. Shunga qaramay, barcha yangi futbolchilardan ham qoniqdim. O‘yindan-o‘yinga yigitlar bir-birini yanada yaxshiroq tushunib borishadi.
- Shaxzod Azmiddinovni jarohati qanday?
- Uni holati yaxshi. Jarohati jiddiy emas. “Paxtakor”dan keldi. Albatta, u erdagi bilan bizdagi holat bo‘yicha farq bo‘lishi mumkin. Shunchaki, u ko‘p vaqt o‘rinbosarlarda qolib ketdi. Ammo jarohati jiddiy emas. Yangi o‘yinchilar qatorida va o‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga u ham yanada shakllanib, “ochilib” boradi, deb o‘ylayman. Sunnatillo Hamidjonov haqida ham shunaqa deyish mumkin. Ismail Akanideda ham pauza bo‘lgan. Shu bois u individual tarzda mehnat qildi. O‘ylaymanki, OChLgacha optimal formaga kirib olamiz.
- Yangi darvozabon Erjan Tokotaevga alohida to‘xatilb o‘tsangiz.
- U juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Bir qancha epizodlarda juda yaxshi harakat qildi. Shunchaki, unga qoyil!
Fikrlar