"Yuventus" yana Ikardiga qiziqib qoldi

  • 6 yanvar, 2020, 17:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan “Inter” hujumchisi Mauro Ikardining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Parijliklar sport direktori Fabio Paratichinining fikricha argentinalik to‘purar mavsum yakunlangach PSJdan ketadi va shunda Italiya chempionida uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar mavsum yakunlangach Ikardini 70 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga egalar.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum PSJ safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!