
"Yuventus" Pogbaning muqobilini topdi
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib ololmagan taqdirda, o‘zining yarim himoya pozitsiyasini qanday kuchaytirish mumkinligi haqida o‘ylamoqda.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “keksa sinora” Pogbaga muqobil sifatida "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Aytish kerakki, Pogba “Yuventus”ga emas, “Real”ga o‘tmoqchi.
25 yoshli Milinkovich-Savich joriy mavsum “Latsio” safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar