"Yuventus" Pogbadan osongina voz kechmoqchi emas. Endi uning uchun "MYu"ga qaysi futbolchilarini taklif qilmoqda?

  • 14 may, 2020, 21:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik jahon chempioni Pol Pogbaning keyingi taqdiri borasida hali ham qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.

Tecno

Ayniqsa, “Yuventus” sobiq futbolchisini ortga qaytarish yo‘lidan hali beri chekinmaydiganga o‘xshaydi. Ular Pogba evaziga "Manchester Yunayted"ga Federiko Bernardeski, Duglas Kosta yoki Adrian Raboni taklif qilishmoqchi. Bu haqida “La Gazzetta dello Sport” xabar bermoqda.

Shu maqsadda "Yuventus" yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisini sotib olish niyatida yuribdi.

Shuning uchun ham Turin klubi transfer summasini kamaytirish maqsadida yuqorida nomlari keltirilgan o‘yinchilarini shartnomaga qo‘shishga tayyor.

Eslatib o‘tish kerakki, Pogba 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da to‘p surgan. “MYu” buning uchun 2016 yilning avgust oyida 105 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!