"Yuventus" Di Mariya variantidan voz kechdi. Chunki...

  • 25 iyun, 2022, 10:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Yuventus"ga o‘tmaydi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati argentinalik futbolchi variantidan voz kechgan, chunki u bir oydan buyon turinliklarning yuborgan taklifiga javob bermagan.

Oldinroq, Di Mariya "Yuventus"ga javob bermayapti, chunki u "Barselona"ga o‘tishga umid qilmoqda, degan xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, yarim himoyachining PSJ bilan shartnomasi shu oy oxirida o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi.

34 yoshli Di Mariya o‘tgan mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!