
Yulduzlar talabi: Jamoani Zidan boshqarsin!
Frantsiya tema jamoasi o‘yinchilari bosh murabbiy Dide Deshamning boshqaruvidan zerikayotganini ochiqchasiga ma’lum qila boshladi.
Jurnalist Romena Molinaning ta’kidlashicha, frantsiyalik futbolchilar terma jamoani “Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan boshqarishini istamoqda.
Shunga qaramay, Frantsiya futbol federatsiyasi Dide Deshamga ishonishda davom etadi. Rahbariyat bu mutaxassisdan terma jamoani 2026 yilgi jahon chempionatiga olib chiqib, bo‘lajak mundialda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishini kutyapti.
Desham Frantsiya terma jamoasini 2012 yilda qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida frantsiyaliklar 2018 yili jahon chempionligini qo‘lga kiritgan va to‘rt yildan keyin yana finalda o‘ynadi.
Zinedin Zidan esa, “Real”dan ketganidan beri asosiy orzusi milliy jamoani boshqarish ekanini yashirmay keladi. Shu bois, bu mutaxassis boshqa klublarda ish boshlagani yo‘q.
Fikrlar