
Xabi Alonso Madridda ish boshlamay turib, “Real”dan uch futbolchini olishni talab qildi
“Real” rahbariyati Karlo Anchelottidan keyin jamoa boshqaruvini “Bayer”ga ustozlik qilayotgan Xabi Alonsoga topshirishi kutilmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis ham poytaxt jamoasiga ustozlik qilishga hozirdan tayyorgarlik ko‘ryapti. Manbalarning yozishicha, Alonso “Qirollik klubi” bilan hamkorlik muhokamasi vaqtida rahbariyat oldiga aniq takliflarini qo‘ygan.
Bu mutaxassis o‘zi “Real”da joriy qiladigan o‘yin uslubi talablariga mos keladigan markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi kerakligini ta’kidlamoqda.
Xabi Alonso “Qirollik klubi” mutasaddilaridan chap qanotga Migel Gusterresni “Jirona”dan qaytarishni, markaziy yarim himoyaga “Real Sosedad” vakili Martin Subimendini olib kelishni va himoya markaziga Angliyadan Din Xyoysenni transfer qilishni so‘ragani aytilmoqda.
Fikrlar