
Tezkor! "Nasaf" futbolchisi yozda legionerga aylanadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matov yozda legionerga aylanadi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli posbon Eron chempionatiga ko‘chib o‘tadi. Eron Pro-ligasining amaldagi chempioni "Persepolis" hamyurtimizning yangi jamoasi bo‘ladi. Uning qarshiliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Ne’matov "ajdarlar" bilan ikki karra O‘zbekiston Superkubogi, uch karra O‘zbekiston kubogi va bir marta O‘zbekiston Superligasi g‘olibi hisoblanadi.
Xayrulla Hamidov, Mirzahakim To‘xtamirzaev va Davron Fayziev ishtirokidagi premium podkastni tomosha qiling
Fikrlar