
Yaqinda futbolga qaytgan Nainggolan hibsga olindi
Qisqa muddat avval Belgiyaning ikkinchi divizionidagi "Sporting Lokeren" klubi bilan shartnoma imzolab, futbolga qaytgan Raja Nainggolan hibsga olindi.
"HLN" nashrining xabar berishicha, 36 yoshli yarim himoyachining qamoqqa olingan. Nainggolan Janubiy Amerikadan Antverpen porti orqali Evropaga narkotik moddalar kontrabandasi bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida hibsga olingan. Nainggolanga nisbatan qo‘yilayotgan aniq ayblovlar hozircha ma’lum emas.
- Politsiya xodimlari izoh berishdan bosh tortmoqda. Biz, klub sifatida, bu holatni ma’qullaymiz. Faqatgina futbolchining ertalabki mashg‘ulotda qatnashmaganini tasdiqlashimiz mumkin, - deya futbolchining yangi klub vakillari vaziyatga izoh berdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning iyul oyidan beri jamoasiz hisoblangan futbolchi 22 yanvar sanasida yangi klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Nainggolan "Sporting Lokeren" safidagi debyut o‘yinida burchakdan gol urgan edi.
Fikrlar