
Yangilangan transfer narxidagi top-10 o‘zbek futbolchilari
Xabaringiz bor, 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasi tufayli, transfermarkt.de saytida barcha futbolchilarning transfer narxlari arzonlashtirildi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar orasida hamon Eldor Shomurodov etakchi bo‘lib turipti. 2019 yilning 23 dekabrida "Rostov" forvardining narxi 6,5 mln evro qilib belgilangandi. Uning yangi narxi 5,2 mln evroni tashkil etmoqda.
Yana bir e’tiborga molik tomoni, Qatar yulduzlar ligasida faoliyaitni davom ettirayotgan Sardor Rashidovning transfer qiymati 4 aprel kuni 1mln evrodan, 1,1 mln evroga ko‘tarilgandi va oradan 4 kun o‘tib, bu ko‘rsatkich 900 ming evrogacha tushirildi.
Quyida top-10ning to‘liq ro‘yxatini yangilangan transfer narxlari bilan tanishishingiz mumkin:
1. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya) - 5,2 mln evro (avvalgi narxi 6,5 mln evro);
2. Odil Ahmedov ("Shanxay" SIPG, Xitoy) - 2 mln evro (a.n. 2,5 mln evro);
3. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA) - 1,6 mln evro (a.n. 2 mln evro);
4. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 1,4 mln evro (a.n. 1,8 mln evro);
5. Igor Sergeev ("Paxtakor") - 1,3 mln evro (a.n. 1,6 mln evro);
6. Aziz G‘aniev ("Shabab Al Ahli", BAA) - 1 mln evro (a.n. 1,1 mln evro);
7. Vitaliy Denisov ("Rotor", Rossiya) - 950 ming evro (a.n. 1,2 mln evro);
7. Temurxo‘ja Abduholiqov ("Lokomotiv") - 950 ming evro (a.n. 1,2 mln evro);
9. Sardor Rashidov ("Qatar" SK, Qatar) - 900 ming evo (a.n. 1,1 mln evro);
9. Oston O‘runov ("Ufa", Rossiya) - 900 ming evro (a.n. 1 mln evro).
Eng qimmat bo‘lgan o‘nlikdan keyin, Islom To‘xtaxo‘jaev, Ikrom Aliboev, Oleg Zoteev, Farrux Sayfiev, Doston Hamdamov va yana bir qator futbolchilar joy olishgan.
Fikrlar