Yangi yulduz “Real”ni mensimadi!

  • 12 dekabr, 2024, 10:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”da ikkinchi mavsumini ham yuqori darajada o‘tkazayotgan  hujumkor futbolchi Koul Palmer samarali o‘yinlari bilan “Real” mutasaddilari nazariga tushgan edi.

Tecno

Madridliklar bu o‘yinchining transferiga jiddiy ahamiyat qaratmoqda.

“Chelsi” rahbariyati ispan grandining maqsadidan xabar topgach, o‘z o‘yinchisini 200 million evroga baholadi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, Koul Palmer ham “Real”dan bo‘layotgan qiziqishga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 22 yoshli o‘yinchi o‘zini Angliya Premer-ligasida juda baxtiyor his qilmoqda. U o‘zi o‘ynayotgan chempionatni dunyodagi eng kuchli musobaqa, deb biladi. Palmer aynan Angliya futbolida yanada o‘sishi mumkinligini inobatga olib, hozircha boshqa ligalarga o‘tmasligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Узимдааа Мендааа
12/12/2024 11:55
Яхши Футбол факат Реал Барса дегани эмас дейдиганлари хам бор экан