Yamal PSJning taklifini rad etdi

  • 22 fevral, 19:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yulduz futbolchisi hisoblangan Lamin Yamal PSJning taklifini rad etdi. 
 
Xabaringiz bor, bir necha oydan buyon ispaniyalik hujumchiga Evropaning top klublari juda katta qiziqish bildirmoqda. Biroq, futbolchining o‘zi kataloniyaliklarni tark etmasligini oshkor qildi. 
 
“Mundo Deportivo” nashrining yozishicha, parijliklar so‘nggi oylarda “Barselona”ga Yamal uchun 200 million evro taklif qilgan. Manbaga ko‘ra, Lamin ham, klub rahbarlari ham ushbu taklifni o‘ylab o‘tirmay rad etishgan. Klub mutasaddilari 17 yoshli futbolchini “ko‘k-anorranglilar” uchun muhim futbolchi, kelajakda katta yordam beradi hisoblaydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Yamal joriy mavsum 32 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 180 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!