
Xuan Mata Sanchoning "Borussiya"dagi faoliyati haqida aytib o‘tdi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata Dortmundning "Borussiya" jamoasi a’zosi Jeydon Sancho haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Nima deyishimni xohlaysiz? U ajoyib o‘yinchi ekanligini biz hammamiz bilamiz. Sancho "Borussiya"da juda chiroyli mavsumni o‘tkazmoqda. U futbolchi sifatida menga yoqadi, - deya Mataning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.
Avvalroq, Sancho MYu safiga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar