
Xoland: Bir o‘yinda 9 ta gol urganman, lekin...
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “RB Leyptsig”ga (7:0) qarshi o‘yinda birinchi marta bitta o‘yinda beshta gol urdi.
“Men faoliyatim davomida bitta o‘yinda 9 ta gol urdim, 4 ta gol urdim, lekin hech qachon 5 ta gol urmagandim”, - dedi norvegiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" "RB Leyptsig"ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu kuni Erling Xoland penta-trikka erishgan bo‘lsa, Ilkay Gyundogan va Kevin de Bryuyne ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Endi Xosep Gvardiola shogirdlari Chempionlar ligasining chorak finalidagi raqibini kutmoqda. Qur’a 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar